Talabalar turar joyi haqida

Qo‘qon davlat pedagogika institutida umumiy sig‘imi 1860 nafar talabalarga mo‘ljallangan 4 ta talabalar turar joylari mavjud bo‘lib, ularning sig‘imi quyidagicha:
🔹1-TTJ – 530 nafar;
🔹2-TTJ – 531 nafar;
🔹3-TTJ – 700 nafar;
🔹4-TTJ – 112nafar.

TTJ olish talablari

2022/2023 o‘quv yilida institut talabalar turar joylariga joylashish yuzasidan arizalar berish onlayn tartibda ertaga – 21-avgust kunidan 27-avgust (shu kuni ham) kunigacha davom etadi.

Arizalar fakultet ishchi guruhlari tavsiyasini inobatga olgan holda institut komissiyasi tomonidan 5-sentyabrga qadar ko‘rib chiqiladi.

Talabalar turar joylaridagi o‘rinlar soni cheklanganligi tufayli xorijiy davlatlar fuqarolari, uzoq viloyatlar va tumanlardan kelgan talabalar, nogiron (1 va 2-guruh), chin yetim talabalar, Temir daftar, Ayollar daftarida turuvchi oila farzandlari, Yoshlar daftarida turuvchi talabalarga joylashishda birinchi navbatda ustunlik beriladi.

Qo‘qon shahriga bevosita qo‘shni tumanlardan keluvchi talabalarga ijara xonadonlarga joylashish tavsiya etiladi. Ijara xonadon egasi bilan belgilangan tartibda shartnoma rasmiylashtirilgan taqdirda ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi (150 ming so‘mgacha bo‘lgan qismi) byudjet mablag‘lari hisobidan har oy qoplab beriladi.

1-kurslar 5-sentabrdan 8-sentabrgacha ariza topshirishlari mumkin

Onlayn ariza yuborish

Arizani to‘ldirishda elektron pochta manzilidan foydalanish shart, ariza ko‘rib chiqilgandan so‘ng sizning elektron pochtangizga javob xati hamda order yuboriladi!!!


    
     
   
Ko‘cha va uy raqami  *
Shahar/Tuman  *
Viloyat  *
Davlat  *

uz_UZ
uz_UZ